Manbaning takidlashicha, 29 yoshli yarim himoyachi muzokaralar jarayonida hamyurti Modrich ishtirok etganiga qaramay, "Inter" bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, Xorvatiya terma jamoasi sardori Brozovichni "Real"ga o'tishga ko'ndirishga uringan, biroq u rad javobini bergan.
Italiya OAVlari Brozovichning yangi shartnomasida yiliga 6 million evro yangi maosh ko'zda tutilgani va bu bitim 2026 yilgacha amal qilishi haqida yozishgan.
29 yoshli xorvatiyalik futbolchi 2014/15 yilgi mavsumda "Inter" safiga Zagrebning "Dinamo"sidan kelib qo'shilgandi.
Joriy mavsumda u Italiya chempionatida 26 o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.