Uchrashuvda dublga erishgan Karim Benzema ikkinchi golni urayotga vaqtidan chap oyoq mushaklarini lat eganligi aytilmoqda. U o'ynashga harakat qildi, ammo 85-daqiqada maydonga o'tirib, bahsni davom ettirolmasligi malum bo'ldi.
Karlo Anchelotti zaxira imkoniyatlaridan to'liq foydalanib bo'lgani tufayli madridliklar o'yinni 10 kishi bo'lib yakunlashlariga to'g'ri keldi.
SHuningdek, vinger Rodrigo Goes ham jarohat oldi va maydonni shifokorlar yordamida tark etdi.
Eslatib o'tamiz, “Real”ni 20 mart kuni “Barselona”ga qarshi klassik to'qnashuv kutmoqda.