Manbaga ko'ra, 2008 yil “Barselona” sport direktori bo'lgan CHiki Begirstayn “Lion”dan Karim Benzemani olib kelmoqchi bo'lgan, ammo rahbariyat vakiliga futbolchining yuvoshligi (ko'zga qaray olmasligi va boshqa xarakterlari) maqul kelmagan. Anirog'i, Begirstayn francuzni kataloniyaliklarning yulduzli tarkibida o'zini yo'qotib qo'yadi deb bilgan.
SHu tufayli, “ko'kanorranglilar” Zlatan Ibragimovich bilan shartnoma imzoladi, Karim esa “Real” azosiga aylangandi.