RMC Sport nashri klub muxlislarining PSJ rahbariyati va futbolchilariga yo'llagan murojaatini nashr qildi.
Biz sodir bo'lishidan qo'rqqan voqea afsuski yuz berdi. Jamoa mavsum boshlanganini fevral oyida his qilsa, o'yinlarni piyoda yurib o'tkazsa, qachon yuqori cho'qqilarni zabt etamiz? Jamoa shunchaki yulduzlar yig'indisi bo'lsa, ular tom manoda bir-birini umuman to'ldirmasa, haqiqiy futbol loyihasini qanday yaratamiz? Qarorni o'zi qabul qilmasligi ko'rinib turgan murabbiyni kiyim almashtirish xonasida kim hurmat qiladi? O'z muxlislari bilan uchrashuvdan ko'ra moda haftaligida ko'proq ko'rinish beradigan futbolchilarda barchasini o'nglash uchun ishtiyoq qaerdan ham bo'lsin?
Bizni xotiramiz qisqa emas. Nosir Al Helayfining vazifasi nimalardan iborat ekanligini juda yaxshi bilamiz. Ammo ko'rinishidan u bu joyga loyiq emas. Hozirgi ahvol jamoani to'liq qaytadan qurishni talab qiladi. Bizning PSJ, jamoadan foydalanadigan emas, unga yordam beradigan insonlarga loyiq. Rahbariyatdan istefo talab qilamiz!", -deyiladi muxlislar bayonotida.