"Di Stefanodan o'tish - orzu, sababi u "Real" afsonasi. "Real" o'yinchisi sifatidagi taqdimotimda meni qanday quchoqlagani esimda. Di Stefano menga ushbu buyuk klubda o'ynashdan rohatlanishimni aytgandi. Uning darajasiga chiqqanimdan baxtliman va bu menga yanada yuqoriroq marraga chiqish uchun kuch beradi".
Hujumchi Madriddagi har bir kunida rohatlanayotganini qayd etdi.
"Bunchalik ko'p gollar urishni o'ylamagan holda "Real"ga sovrinlar uchun o'tganman. Doim insonlarning xotiralarida qolishni xohlaganman. To'g'ri yo'ldaman deb o'ylayman. Madridda o'zimni uydagidek his qilaman, bu er menga yoqadi. Har bir kundan zavqlanyapman", - deydi Benzema.
34 yoshli francuz "Real" tarkibida 407ta o'yinda maydonga tushib, 212ta gol urdi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.