“PSJ” ustozi Unai Emeri klubning transferlaridagi moliyaviy feyr-pley qoidalari haqida gapirdi.
“20 yil oldin “Barselona” transfer oynasining so'nggi kunida Rivaldoni xarid qilgandi. “Real” esa Figuni sotib olgandi (Figu uchun “Real” 2000 yilda 62 mln evro to'lagan — “stadion” izohi). Bundan ko'rinib turibdiki, grand jamoalar kuchli futbolchilarni har doim xarid qilishgan. Bu esa “PSJ”ga ham engillik beradi. Ispaniya bunday voqealarga avvaldan ko'nikib bo'lgan”, dedi Emeri.