Himoyachi maydonga tushishi mumkin.
Cadena COPE nashri bergan ma'lumotga ko'ra Nacho Fernandesning "Sevilya"ga qarshi o'yinda orttirib olgan sariq kartochkasi bekor qilindi, endilikda futbolchi bugungi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, kecha Ispaniya FF Nachoning disklifikatsiyasini o'z o'rnida qoldirgan edi. Ammo madridliklar Sport arbitraj sudiga appelyatsiyasini qaytadan berishdi.