Kelishmovchilik hujumchi Neymar va darvozabon Janluiji Donnarumma o'rtasida bo'ldi. Futbolchilar o'tkazilgan gollar bo'yicha faol tarzda bahslashishdi. Neymar birinchi o'tkazib yuborilgan golda Donnarummani qoraladi, italiyalik esa ikkinchi gol vaziyatida braziliyalik muvaffaqiyatsiz o'ynaganini aytdi. PSJ o'yinchilari mushtlashib ketishga bir baxya qolgan futbolchilarni ajratishdi.
"Real" kecha PSJni ikki o'yin hisobi bilan 3:2 hisobida mag'lub etdi va CHempionlar Ligasi 1/4 finaliga chiqdi. Parijliklar musobaqani tark etishdi.
30 yoshli Neymar joriy mavsum PSJ tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 9ta assist qayd etdi.