Francuz madridliklar safidagi umumiy gollari sonini 309 taga etkazib, klubning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida afsonaviy Alfredo Di Stefano (308)ni quvib o'tdi.
Benzemadan oldinda esa faqatgina ikki futbolchi bor: Raul (323) va Krishtianu Ronaldu (450).
SHuningdek, 34 yoshli hujumchi “Real” safida ECHLdagi gollari sonini 67 taga etkazib, Rauldan o'zib ketdi. Bu borada peshqadam esa Ronaldu (105 ta) hisoblanadi.