61-daqiqada Karim Benzema parijliklar kiperi Janluiji Donnarumaga pressing ishlatib, to'pni Vinisuis tomonga uzatdi. Keyin esa braziliyalik to'pni Karimga qaytardi va u bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etib, uchrashuvda hisobni tenglashtirdi.
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ushbu vaziyatda Benzema Donnarumaga qo'pollik ishlatgani haqida gapirdi.
“Qanday sharmandalik! Donnarumaga fol ishlatilgandi.
Bu kabi qo'pol xatoni javobsiz qoldirib bo'lmaydi. 2022 yilda bunday bo'lishi kerak emas”, deya keskin fikr bildirgan Pochettino.