Franciyalik ECHL 1/8 final PSJ qarshi javob bahsida xet-trikka erishib, madridliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi.
“Bugun Benzema jahonning eng zo'r forvardi ekanligini yana bir bor isbotladi. Unga “Oltin to'p” berish vaqti keldi.
Ayni vaqt Karim Levandovski bilan birga dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi hisoblanadi. U qoyilmaqom futbolchi, haqiqiy sardor. U gollari va darajasi bilan jamoaga g'alaba keltirdi.
Agar ikkala o'yinni olsak, PSJ qiyinchiliksiz to'pni nazorat qildi, ammo Bernabeudagi 90 daqiqa – bu uzoq muddat”, deydi Kurtua.