PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga qarshi o'yindan oldin hech qanday muammo sezmayapti. Futbolchi ECHL 1/8 finalining javob uchrashuviga bir necha kun qolganida jarohat olgani haqida xabar qilingandi. Malum bo'lishicha, Mbappening jarohati jiddiy bo'lmagan. U bugun PSJning umumiy mashg'ulotlarida hech qanday cheklovlarsiz mashq qildi.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" va PSJ o'rtasidagi o'yin 9 mart kuni o'tkaziladi.