“La Liga chempionligi uchun endi oldingiga qaraganda kamroq ochko jamg'arish etarli. Lekin bu shuni ko'rsatadiki, chempionatdagi jamoalar kuchaydi, tafsilotlarni nazorat qila oladigan yaxshi jamoalar va sifatli murabbiylar ko'paydi. Men uchun bu La Liga yaxshilanganidan dalolatdir", - deydi 62 yoshli italiyalik murabbiy.
"Real Madrid" 26 turdan keyin 60 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda. “Qaymoqranglilar” ikkinchi pog'onani egallagan “Sevilya”dan 6 ochko ko'p jamg'argan.