El Chiringuito TV telekanali jurnalisti Xose Alvaresning xabar berishicha, Erlingning agenti Mino Rayola "Borussiya" hujumchisining "Barselona"ga o'tishini istamoqda. Futbolchining otasi Alf-Inge Xoland esa o'g'lining "Real Madrid"ga o'tishini talab qilmoqda.
21 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Borussiya” safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Forvard jarohati tufayli 22 yanvardan beri maydonga tushmayapti.