Norvegiyalik futbolchi "Oltin to'p" uchun kurashishga imkoniyat yaratuvchi jamoaga o'tmoqchi. Xoland bu narsani orzu qiladi, u futbol tarixiga kirmoqchi. Erling bu haqda agenti Mino Rayolaga aytdi.
21 yoshli forvadrning yangi klubida muhim rolni o'ynashni xohlashi malum, ammo u hujum chizig'idagi yulduz sherikka qarshi emas. Xoland "Real"da Kilian Mbappe bilan bog'lami unga "Oltin to'p"ni yutishda yordam berishini biladi.
"Real" Xolandning transferi amalga oshishiga ishonadi, ammo klub hozirda Mbappe bilan shartnoma imzolashga etiborini qaratgan.
21 yoshli o'yinchi joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 5ta assist qayd etdi. U jarohati sabab 22 yanvardan beri o'ynamayapti.