Kanada terma jamoasining 22 yoshli futbolchisiga asosiy davogar sifatida "Arsenal" etirof etilayotgandi. Fichajes nashrining malumotlariga ko'ra, London klubi Ispaniya futbol gigantlari “Barselona” va “Real Madrid” klublari bilan raqobatlashadi.
Jonatan Devid joriy mavsum “Lill” safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi. Kanada terma jamoasi tarkibida hujumchi 27 uchrashuvda 20 ta gol urgan. Devid o'z klubiga transfer oynasi ochilgach, boshqa jamoaga o'tish istagi borligi haqida allaqachon malum qilgan.