"Xerenven" klubida ijara asosida to'p surayotgan futbolchi Martin Edegor "Real Madrid" bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi.
"Yangi shartnomaga ko'ra "Real" bilan kelishuv 2018-yildan uzoqroq muddatda bo'ladi. Hozir bu haqida boshqa gapirishni xohlamayman." - deydi 18 yoshli futbolchi.
Ma'lumotlarga ko'ra, norvegiyalik futbolchi madridliklar bilan shartnomani 2021-yilgacha uzaytirishi kutilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi esa 2018-yil 30-iyunda yakuniga yetadi.