“Juda mamnunman, to'g'ri yo'ldamiz. Balki, xato o'ylayotgandirman, ammo bugun hech qanday negativ holatni ko'rmadim.
Bugun Kurtua tufayli g'alabaga erishdik, deb aytsak xato bo'ladi. G'alaba qozondik, chunki yaxshiroq o'ynadik va bunga loyiq edik.
Oxirgi uchrashuvlarda Vinisius Junior ishiga bo'lgan yaxshi munosabati sabab biz uchun muhim futbolchiga aylandi. Aynan uning o'zi bugun gol urdi.
Ikkinchi sariq kartochkani olish xavfi tufayli Kazemironi almashtirdim. Valverde va Rodrigo esa qizg'in pallada zaxiradan tushib, o'yinga yaxshi kirishib ketishdi”, deydi italiyalik mutaxassis.