"Menda bor malumotga ko'ra, Kilian Mbappe va PSJ o'rtasidagi munosabatlar yaxshi tomonga o'zgargan.
Avgustda futbolchining ketish ehtimoli 99%ga etgandi. Hozir vaziyat o'zgardi va bu transfer ehtimoli 65%gacha kamaydi. Vaziyat istalgan daqiqada o'zgarishi mumkin.
Kilian aynan "Real" sababli Parijda qolishi ham mumkin. Sababi "qirollik klubi" ECHLda PSJga imkoniyatni boy bersa, bu hal qiluvchi faktor bo'lib qolishi mumkin", – dedi Roten.