Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas Erling Xoland va Kilian Mbappeni o'z chempionatida ko'rishni istashini takidladi.
"Men Xoland "Barsa"ga, Mbappe esa "Real"ga o'tishini istagan bo'lardim. Avvalgidek ikki buyuk o'yinchi La Ligada o'ynashi ajoyib bo'lardi. Ronaldu va Messi dunyoning eng kuchli ikki klubida o'ynashgandi.
Mbappening vaziyatida men "Real" emas, La Liga muxlisiman. Olti oydan so'ng uning shartnomasi tugaydi. Matbuotda esa uning faqat "Real"ga o'tishi haqida yozishmoqda. O'ylaymanki, "Real" bu kelishuvni omadli amalga oshiradi. Mbappu Madrid klubi va La Ligaga juda ko'p narsa beradi", -deydi Xaver Tebas.