"El Chiringuito" xabariga ko'ra, norvegiyalik yulduzga davogar ikki klub uning joriy mavsumda ko'p marta jarohatga yo'liqayotganiga sabab nima ekanligini bilmoqchi.
21 yoshli futbolchi ushbu mavsumda mushaklaridan uch marta jarohat oldi va 14 ta o'yinni o'tkazib yubordi.
SHunga qaramay, Xolandning "Borussiya Dortmund"dagi statistikasi odamni hayratga soladi – 2 yil ichida 79 ta o'yinda 80 ta gol va 21 ta golli uzatma.