SHu bilan birga o'yinchi Ispaniya chempionatidan ketmaydi.
29 yoshli hujumkor yarim himoyachining yangi ish joyi "Sevilya" bo'ladi. Tomonlar muzokaralar o'tkazishdi va transfer borasida kelishuvga erishishdi. Andalusiyaliklar Isko bilan tekinga shartnoma imzolashadi, sababi uning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Xavbek 2013 yilning yozidan beri Madrid grandida harakat qiladi. Isko joriy mavsum La Liga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.