O'yinchi kubok doirasidagi Bilbaoning "Atletik" jamoasiga qarshi bahsda jarohat olgandi.
19 yoshli o'yinchi Madridning "Real" klubiga qarshi o'yinda maydonga qaytmoqchi. "El Klasiko" 20 martda bo'lib o'tadi.
Doimiy jarohatlar sabab Fati joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.