Francuz klubi o'yinchiga qisqa muddatli shartnoma va unga dunyodagi eng katta maosh oluvchi o'yinchi bo'lishni taklif etmoqda. Bu haqda jurnalist Sebastyan Deni xabar bermoqda.
"Real"ga qarshi CHempionlar Ligasi 1/8 final o'yinidan so'ng futbolchining oilasi bilan Qatar amiri Tamim bin Xamad Al Tanining yaqin odamlari uchrashishdi.
23 yoshli francuzni klub bilan qisqa muddatga shartnomani uzaytirishga ko'ndirishmoqda. U shartnoma borasida ikki taklifni va yiliga toza 45 mln evrolik maoshni rad etishga ulgurdi.
Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ bilan bitimi iyunda yakuniga etadi va "Real" u bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashga tayyor.
Oldinroq Mbappe hali joriy mavsum so'nggida Parij klubidan ketishi borasida bir qarorga kelmaganini tan oldi.