“Yaxshi o'yin o'tkaza olmadik, ammo bu to'qnashuvimizning birinchi qismi. O'z maydonimizda boshqacha harakat qilamiz.
To'pni oldinga etkazishda muammolar kuzatildi, uzatmalarda ko'p xatoga yo'l qo'ydik, pressingdan chiqa olmadik. Raqib yaxshi o'ynadi, biz esa qiyinchiliklarga duch keldik.
2-o'yinda hisobda ortda qolayotganimiz uchun biroz ko'proq bosim o'tkazishimiz talab qilinadi. SHuningdek, to'p bilan aniqroq ishlash kerak bo'ladi.
Mbappe ayni vaqti Evropaning eng yaxshi futbolchisi. U o'yin natijasini hal qildi.
Kazemiro va Mendi diskvalifikaciya tufayli javob bahsida qatnasha olishmaydi hamda ularning o'rnini to'ldiramiz. Biroq, men uchun ikkala kartochka ham biroz ortiqchadek tuyuldi, Orsato (hakam)ga shuni tushuntirdim”, deydi italiyalik mutaxassis.