"Real" ancha vaqtdan buyon qiziqayotgan "Palmeyras" hujumchisi Endrik bugun ECHL 1/8 finali doirasidagi PSJ – "Real" uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qiladi.
15 yoshli iqtidor egasi "Palmeyras" jamoasi safida yoshlar miqyosidagi musobaqalarda 169 o'yinda maydonga tushib, 165 ta gol urgan va Evropaning deyarli barcha top-klublari nazariga tushgan.
Oldinroq yozgi transfer oynasida u uchun "Real"dan tashqari "Liverpul", "Barselona", MYU va "Man Siti" kurash olib borishi aytilgandi.
Eslatib o'tamiz, PSJ – "Real" bahsi 15 fevraldan 16 fevralga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.