«Manchester Yunayted» klubining sobiq murabbiylaridan biri Toni Koton hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida qiziq ma'lumotlarni etkazdi.
«Ronaldu "MYu" klubiga kelganida, har bir to'qnashuvda yiqilish odati bor edi. Shundan so'ng, Fergyuson uni chidamli futbolchi qilib tarbiyalashga qaror qildi.
Ikki tomonlama o'yinlarimizda, hakamlarga Ronaldu yiqilgan har qanday holatda ham jarima zarbasi belgilamaslik vazifasi topshirildi. Albatta, Krishtianuga bu haqda hech narsa aytilmadi.
Natijada, Ronalduga qarshi qoida buzilsa ham, hakam o'yinni to'xtatmadi. U esa portugal tilida bir narsalarni baqirib, erda o'tirganicha qolib ketaverardi.
Ronalduni qayta tarbiyalash qiyin bo'lgan. Ammo Fergining bu uslubi o'z mevasini berdi», - dedi Koton Goal xabarida.