«Real» klubi rahbariyati yarimhimoyachi Garet Beyl bo'yicha bir qarorga kelgan.
Ma'lumki, so'nggi paytlarda muxlislar uning o'yinidan norozi bo'lishgan, futbolchining o'zi esa "MYu" klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.
AS xabariga ko'ra, rahbariyat va murabbiylar shtabi futbolchiga ishonadi va uning o'yiniga tayanadi. Beyl hech qayoqqa qo'yib yuborilmaydi.