Biroq, 49 yoshli mutaxassisning klub sport direktori Leonardo bilan o'rtasidagi munosabat yaxshi emas. Argentinalik o'tgan yoz tarkibda tozalash ishlarini amalga oshirmoqchi bo'lgan, ammo uning talabi qondirilmagan. Pochettino yanvarda “Tottenxem”dan Tangi Ndombeleni jamoasida ko'rishni xohlagandi, lekin bu ham amalga oshmadi va yarim himoyachi “Lion”ga yo'l oldi.
SHuningdek, rahbariyat ham murabbiydan norozi bo'lmoqda. Parijliklar chempionatda uncha katta bo'lmagan ustunlik bilan etakchilik qilmoqda va Franciya Kubogini 1/8 finaldayoq tark etishga majbur bo'lishdi.
SHu tufayli, Maurisioning kelajagi CHempionlar Ligasi pley-offidan o'rin olgan “Real”ga qarshi bahslardan keyin malum bo'ladi.