Fransiyalik hujumchi Karim Benzema o'zini tanqid qilayotganlarga javob qaytarib o'tdi.
"Futbolchilik faoliyatimda yaxshi natijalarga erishganman. Men 29 yoshdaman va natijalarimdan faxrlanaman. Raqamlar muxim, lekin bu raqamlar futbolning o'zidan muhim emas. Hozir ko'pchilik statistika haqida gapirmoqda, har ko'rsatgichlar... Biroq bu futbol, NBA emas (Basketboll). Futbol - jamoaviy sport sifatida gavdalaniladi. Albatta sen o'yin taqdirini xal etsang, senga hech kim norozilik bildirmaydi. Meni ko'rsatgichlarim men haqimda gapirmoqda." - deydi Benzema
Eslatib o'tamiz, fransiyalik hujumchi Ispaniya chempionatida 27 o'yinda 9 ta gol va 4 ta golga assistentlik qilgan.