PSJ klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Neymar "Real Madrid"ga qarshi o'yinga qadar safga qaytishi mumkinligini malum qildi.
"Hisob-kitoblarimizga ko'ra, Neymar "Real"ga qarshi maydonga tushadi. Barcha katta futbolchilar bu kabi o'yinlarda maydonga tushishni istashadi. Neymar bunday katta o'yinlarga jarohatlar bilan etib kelish nimaligini juda yaxshi biladi. U kerakli o'yinga bor energiyasini jamlash va maydonga tushishni uddalash uchun etarli darajada etuk o'yinchi. Buning uchun barcha sharoit etarli", -deydi Maurisio Pochettino.
Neymar joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
PSJ - "Real" o'yini 15 fevralda, javob bahsi esa 9 martda o'tkaziladi.