Goal.com nashri xabariga ko'ra, futbolchi agar "Real" yoki "Barselona"dan taklif oladigan bo'lsa ingliz klubini tark etishga tayyor. Mane bu bo'yicha agentlariga ham aytib o'tgan. Ushbu klublardan birida o'ynash - uning bolalikdagi orzusi hisoblanadi.
Manening "Liverpul" bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan. Klub Sadioning ketishidan pul ishlab olmoqchi bo'lsa, shu yozda uni sotishi yoki shartnomani uzaytirishi kerak bo'ladi.