Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

SHayxlar yoki Peres? Yaqin 10 yilda Evropa qiroli kim bo'ladi?

Tan olish zarur o'tgan 10 yillikda futbolda ikkita asosiy kuch bor edi – "Real" va "Barselona".

.
- Yuklab olish

Bazan shunday tasavvur uyg'onardiki, butun dunyo ikkiga bo'linib yo Madrid, yo kataloniyaliklar tomon bo'lardi! Yangi o'n yillikda esa bazi narsalar o'zgaradiganga o'xshaydi – kataloniyaliklar superklub maqomini saqlab qolishga, Manchesterning boshqa bir jamoasiga o'xshab qolmaslikka, harakat qilishadiganga o'xshaydi. Madridliklar esa jahon futbolida etakchilikni begona qilish niyatida emaslar. Ushbu kurashda "Barsa"ning o'rnini hozir APLdek chempionatda raqiblari "dodini" berayotgan "Manchester Siti" egallaydi. 

Albatta "Bavariya" va PSJ kabi klublar ham bor. Biroq o'z chempionatlarining absolyut gegemoni bo'lgan ushbu jamoalarni Evropaning etakchisi deyish qiyin, hattoki ular 1-2 martadan ECHLni qo'lga kiritsa ham. Ichki chempionat – muhim jihat. Yaqqol bir jamoa va qolganlar bo'lgan vaziyatlardagi g'alaba qiymati biroz qadrsizlanib qoladi. Italiyada esa "Yuventus" qayta qurish davrini boshidan o'tkazayotgan bo'lsa, xalqaro arenada unga munosib o'rinbosar hozircha chiqqanicha yo'q.

"Manchester Siti" Evropaning eng yaxshi klubi bo'ladi:

1) Qudratli tizim. Bosh direktor Ferran Soriano va sport direktori CHiki Begiristayn o'sha afsonaga aylangan "Barselona"da yangi tizimga asos solganlardan hisoblanadi, keyin ular birgalikda "Siti"da yaxshigina ko'lamdagi ishni bajarishdi. Ular sabab klubga Gvardiola keldi, skauting xizmati kuchaydi, City Football Group xoldingi dunyo bo'ylab 10 dan ortiq klubga ega bo'ldi. Bu anchayin qudratli va tasir kuchiga ega biznes-imperiya! SHu o'rinda hech bo'lmasa "Man Siti"ning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda ayblanib, diskvalifikaciyadan qutilib qolganini eslash etarli.

2) Strategiya. Gvardiolani tanlab, klubdagilar aynan strategik jihatdan rivojlanishni tanlashdi. Pep – tizimli murabbiy va u uzoq vaqt davomida jamoani shakllantiradi. Ha, ispaniyalikning shartnoma muddati keyingi yil yakuniga etadi, lekin tomonlar hamkorlikni davom ettirishlari mumkin. Yangi shartnoma masalasi qanday yakunlansa ham Xosep hech qachon o'zidan keyingilarga yomon holatdagi jamoa qoldirmagan. "Man Siti" xo'jayinlari ham Gvardiolaning o'rniga futbol falsafasi kataloniyaliknikiga o'xshash insonni olib kelishsa ajab emas. 

3) Pul. XXI asrda pullar muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biriga aylandi. "Siti" imkoniyatlarining chegarasi hozircha ko'rinmayapti. Anchayin boy hisoblangan APLda ham "shaharliklar"ning qolganlardan bir bosh ustun bo'lib turgani so'zimiz isboti bo'ladi. Misol uchun "Liverpul" zo'r menedjmenti va ajoyib murabbiyi, biroq imkoniyatlari cheklangani sabab raqobatda imkoniyatni boy bermoqda. SHuningdek, "Man Siti" transferlarda kamdan-kam adashadi. "pul – menedjment" tizimida inglizlarga butun Evropada ham teng keladiganini topish mushkul.

4) Tarkibdagilarning yoshi va dominant futbol. Gvardiola tarkibda avlodlar almashinuvini sekin-astalik bilan olib bormoqda. Asosiy tarkibga yaqin futbolchilar ichida yoshi 30 dan oshganlardan faqatgina De Bryuyne, Maxrez, Uoker va Fernandino bobo qoldi. Qolganlar – ayni kuchga to'lgan davri, qo'shimchasiga yosh iqtidorlar ham imkoniyatlarini kutib turishibdi. Pep o'zi ishlagan barcha klubda dominant futbol DNKsini meros qilib qoldiradi va "Man Siti" yaqin kelajakda istalgan raqib bilan o'z futbolini ko'rsatishga urinib harakat qiladi.

5) "Real"ning muammolari. Madridda juda ko'p narsa, balki hammasi, Peresga bog'liq, u esa 74 yoshda. Aynan Florentinoning hukmronlik davri orasidagi "pauza" klubning zamonaviy tarixidagi eng omadsizi hisoblanadi. Qo'shimchasiga baribir La Liga hamon APLdan biroz ortda deb hisoblanadi. "SHaharliklar" muntazam ravishda kuchli raqiblar bilan ro'baro kelishadi va bu yanada rivojlanish uchun turtki bo'lib xizmat qiladi. "Qaymoqranglilar" esa hozircha Modrich, Benzema, Kazemiro, Krossga munosib o'rinbosar topa olishmadi. Ushbu futbolchilar va yana bazi "qariyalar" jamoani tark etgach, yangi tarkibni shakllantirishga bir necha yillar talab etilishi mumkin. 

Yaqin kelajak "Real"ga ataladi

1) Florentino Peres. Futbol tarixidagi eng muvaffaqiyatli va imkoniyatlari keng menejerlardan biri! Pullarni to'g'ri ishlatishni, futbolchilar bilan kelishishni biladi, tushunarsiz transferlarga qo'l urmaslikka harakat qiladi va futbolchilar vaziyatni boshqarishiga imkon qoldirmaydi. Hattoki Ronaldu bilan vaziyatda ham Flo futbolchining maoshini yanada ko'tarishga rozi bo'lmadi va uni xarid qilganidan qimmatroqqa sotib yubordi. Florentino qanchalik principial tarzda ish olib borishini Ramos bilan bo'lgan vaziyat yana bir bor isbotlab qo'ydi. Futbolchi avvaliga klub uning shartlariga ko'nishiga ishongan holda takliflarni rad etdi, vaziyat kutilganidek bo'lmagach, maoshi kamayishiga ham rozi bo'lgan Serxioga kech bo'lganini malum qilishdi. Peres ayyor, xatolarini tezda to'g'rilashga harakat qiladi va inqirozli vaziyatlarga tushib qolmaslikni biladi.

2) Yangi "Galaktikos". "Real" – bu superbrend, ko'plab futbolchilar uchun faoliyatining yuqori cho'qqisi. SHu sababli klub doimo etibor markazida bo'ladi va top futbolchilarni jalb qilishi oson bo'ladi. Yozda katta ehtimol Mbappe keladi, unga sherik sifatida Xolandni ham olib kelish ishlari faol tarzda davom etmoqda. Yangi "Galaktikos"ning asosi tayyor bo'layotgandek, to'g'rimi? Militao va Mendi himoyada, Kamavinga va Valverde markazda, Vinisius va Mbappe/Xoland oldingi chiziqda. Peres Evropa CHempionlar Ligasi bosh sovrinini yana o'ziniki qiladigan jamoa shakllantirmoqda.

3) Imkoniyatlar va poydevor. Bu dunyodagi eng qimmat futbol brendi. "Real" marketing orqali katta pul ishlab topadi, unga inqirozlar u qadar qo'rqinchli emas, klub pandemiya davridagi ikki yilda ham eng ko'p foyda ko'rganlar ro'yxatida etakchilardan biri. Peres butun dunyo koronavirus bilan band bo'layotgan bir davrda yangi "Bernabeu"da rekonstrukciya ishlarini olib bormoqda. Berluskoni ketgach "Milan"ga nimalar bo'lganini butun dunyo ko'rdi. Ammo Peres vaqti kelib klubni tark etsa ham, jamoa qiyin ahvolda qolib ketmaydi. Ispaniyadagi mish-mishlarga qaraganda Florentino o'rnini o'zidan keyin "begona qilmay", Zidan egallashini istamoqda – bu amalga oshsa, raqiblarning holiga voy!

4) G'oliblik mentaliteti. ECHLning 13 ta kubogiga "Man Siti"ning bu boradagi ko'rsatkichi - 0. "Real" XX asr o'rtalaridan qitada eng zo'ri bo'lishga odatlangan. Bunday mentalitetni 10 yilda shakllantirib bo'lmaydi. Hattoki o'tgan mavsumda ham, 50+ jarohatlar bilan, Madrid ECHL finaliga bir qadam qolganida to'xtadi. Bu kabi psixologiya yoshlarga ham o'tmoqda. Ronaldu, Ramos kabi etakchilar jamoani tark etdi, lekin klub g'alabalarsiz qolib ketmadi. "Qaymoqranglilar" ichiga tushib, g'alabalar isini seza boshlaysan!

5) "Manchester Siti"ning Gvardiolaga bog'liqligi. SHayxlar va aqlli menedjmentga qaramay, "shaharliklar"ning APLdagi dominantligi – birinchi navbatda Pepning sharofati. Bugungi kunda ispaniyalik kabi muvaffaqiyatli murabbiyni topish deyarli imkonsiz. Xosep hattoki "Barsa"da ham zerikdi, vaqti-vaqti bilan unga yangi chorlovlar kerak bo'ladi. Balki "Siti"dan ham u ketib bo'lgan bo'lardi, agar o'tgan yili ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritganida. Ko'pi bilan Xosep yana 2-3 yil "chidashi" mumkin. Kataloniyalikning o'ringa kim kelsa ham, yangi bosh murabbiyga oson bo'lmaydi. U ko'p narsani o'zgartirishi talab qilinadi va bu muvaffaqiyatsizlikka olib borishi mumkin. 

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

BestMaster
9 Fevral 2022, 14:15
shayxlar, yoki, peres?, yaqin, yilda, evropa, qiroli, boladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Shomurodov  
Qoshilaman маладец
9 Fevral 2022, 14:46
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads