Parijliklar CHempionlar Ligasi 1/8 finalida aynan “qaymoqranglilar”ga qarshi to'qnash keladi.
“Kelajagim borasida hali bir qarorga kelmadim. CHempionlar Ligasidagi “Real”ga qarshi o'yinlar ko'p narsani o'zgartirib yuborishi mumkin. Hozir menda erkinlik bo'lgan taqdirda ham raqib bilan muzokaralar olib bormoqchi emasman yoki shunga o'xshash nimadir qilishni istamayman”, deydi Mbappe.
Yanvar oxirida francuzning “Real”ga o'tishga rozilik bildirgani va u yiliga 50 mln evro ishlab topib, dunyodagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanishi aytilgandi.
23 yoshli o'yinchi joriy mavsum PSJ libosida 30 o'yinda qatnashib, 20+16 natija ko'rsatmoqda. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi yozda tugaydi.