Uchrashuvda Eden Azar 90 daqiqani to'liq zaxirada o'tkazdi. Qaysidir payt belgiyalik futbolchi maydonga tushmoqchi bo'lgandek tuyuldi — uni hatto qizishish uchun maydon chetiga yuborishdi. Biroq keyin Karlo Anchelotti yana Azarga zaxira o'rindig'iga o'tirishni aytdi. Belgiyalik vinger zaxiraga qaytgach, issiqqina o'rindiqda o'tirgan Garet Beyl kulib yuborgan. Ushbu kadr El Chiringuito TV teledasturida namoyish etilgan.
Garet Beylning bunday munosabatini tushunish qiyin, chunki uning o'zi ham futbol maydoniga oxirgi marta 28 avgust kuni qadam bosgandi.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" navbatdagi o'yinini 6 fevral kuni "Granada"ga qarshi o'tkazadi.