"Biz hafamiz, chunki barcha musobaqalarda g'olib chiqishni istaymiz. Buning asoratlari bo'lmaydi deb o'ylayman. Bu bizni shunchaki kuchli qiladi. Bu mavsumdagi eng yomon o'yinimiz emas. Bahs teng darajada o'tdi.
Bizda Karim Benzema darajasidagi futbolchi yo'q. "Atletik" 70-daqiqagacha kuchli bosim uyushtirdi. So'nggi daqiqalarda ular gol urishdi, qo'shimcha vaqtda esa tashabbus biz tomonda bo'ldi. Biz Alaba va Kazemirodan samarali foydalanishimiz kerak edi. O'yin biz rejalashtirganimizdek kechmadi", - dedi Anchelotti.