AS xabariga ko'ra, futbolchi ancha vaqtdan buyon "CHelsi" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Ushbu yozda "CHelsi"ni tark etishi kutilayotgan Antonio Ryudigerning o'rnini aynan Militao egallashi mumkin.
Biroq Militaoning o'zi klubida qolishni istamoqda. Uning "Real" bilan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar davom etadi. "Qirollik klubi" esa ayni damda uning maoshini yaxshilab, shartnomani uzaytirish niyatida bo'lib turibdi.
Ushbu mavsumda Militao LaLiganing 21 o'yinida qatnashdi va 1 gol urdi.