Manbaning xabariga ko'ra, licenziyaning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrda yakunlangan. UEFA qoidalariga ko'ra, mutaxassis uni uzaytirish uchun maxsus kursni tamomlab, imtihon topshirishi kerak. Bunga javoban Ispaniya futbol federaciyasi UEFAga murojaat qilgan va agar shunday tajribali va taniqli murabbiy imtihon topshirsa, bu ahmoqona qaror bo'lishini bildirgan.
62 yoshli mutaxassis faoliyati davomida "Rejana", "Parma", "Yuventus", "Milan", "CHelsi", PSJ, "Real", "Bavariya", "Napoli" va "Everton" klublarini boshqargan. U murabbiy sifatida uch marta CHempionlar ligasida g'olib chiqqan. Anchelotti tarixda Italiya, Angliya, Franciya va Germaniya chempionatlarining yuqori divizionlarida g'olib chiqqan yagona murabbiy hisoblanadi. SHuningdek, u ikki karra klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi sanaladi.