Braziliyalik futbolchi dekabr oyidan buyon jarohati sababli maydonga tushmayapti.
"Neymar? Hozir bir nima deb bo'lmaydi. Uning holatiga qaraymiz. Agarda o'zini yaxshi his qilsa, o'yinda qatnashadi. Aks holda o'ynamaydi. Umid qilishda davom etamiz, ammo hozir bu borada biror nima deya olmayman", - dedi mutaxassis.
PSJ va "Real" ishtirokidagi dastlabki o'yin 15 fevral kuni bo'lib o'tsa, javob o'yini 9 mart kuniga belgilangan.