"Messining PSJda ishlari yurishmayapti? Unga ko'nikish uchun vaqt kerak. Barchaga u doimgidek o'ynay olmayotgandek ko'rinmoqda, sababi u ko'plab gollar urmayapti. Ammo, siz uning maydonda yana nimalar qilayotganini ko'ring!
Qanday bo'lmasin, bunday masshtabdagi o'yinchini tanqid qilishdan mano yo'q. Messini tanqid qilayotganlar futbolni tushunmaydi.
"Oltin to'p"ga kelsak - ovoz berishda qanday o'rinni egallaganimning menga qizig'i yo'q. Doimo faqatgina g'alaba muhim. Menga sovrinlarim kamligini aytishadi, ammo men qo'limdan kelgan barchasini qildim", - deydi Benzema.