Klub rahbariyati 26 yoshli belgiyalikning vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi, uning yakuniga ko'ra tomonlar muzokaralarda oldinga siljishdi.
Futbolchining o'zi faoliyatini hozirgi klubida davom ettirmoqchi, u "Sevilya" va "Valensiya"ning taklifini rad etdi.
Yanuzay 2021/22 yilgi mavsum "Real Sosedad" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.