Jarohatlari tufayli uelslik futbolchi 28 avgustdan beri Madrid klubi safida o'ynamayapti.
"Beyl tarkibda, u maydonga tushishga tayyor. Garet Saudiya Arabistoniga bormadi, lekin mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
Hamma o'yinchilar singari u ham maydonga tushishi yoki tushmasligi mumkin. Barchasini vaqt ko'rsatadi", - dedi "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya kubogi doirasida "Elche"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.