Ispan 1953-1971 yillarda Madrid klubida o'ynagan. U jamoa tarkibida umumiy hisobda 600 o'yinda maydonga tushib, 182ta gol urishga erishgan.
Xento Evropa chempionlari Kubogini olti bor qo'lga kiritgan dunyodagi yagona o'yinchi hisoblanadi.
U shuningdek "Real" tarkibida 12 bor Ispaniya chempionatini va 2 bor Ispaniya Kubogini yutgan, shuningdek 1960 yilda Qitalararo Kubokka ega chiqqan.
Xento umumiy hisobda "Real" bilan 23ta sovrin yutgan va bu bilan rekord o'rnatgan. Ushbu haftada titullar bo'yicha undan Marselo o'tib ketdi.