Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Vengriyaga (1:0) qarshi JCh-2018 saralashi o'yinidan so'ng, o'z fikrlarini aytdi.
Futbolchi bu o'yinda urilgan yagona golga hammualliflik qilgan edi.
«Juda muhim g'alaba!» — deb yozdi Ronaldu instagram sahifasida.
Saralash musobaqasi yakuniga qadar 2 tur qolganida Portugaliya termasi Shveytsariyadan uch ochko ortda qolib, guruhda 2-o'rinni egallab turibdi.