"Odatiy final o'yini, ikki jamoa ham yutishni xohladi. "Atletik"ni tabriklayman, ular yaxshi o'yin o'tkazishdi.
Bu sovrin ko'p narsani anglatadi. Biz ko'p narsalarni o'zgartirdik, yangi davr keldi, bizda yangi murabbiy bor... Himoyani o'zgartirdik va bu juda yaxshi natijalar bermoqda. Men biz borayotgan yo'nalishdan baxtliman va yuqori kayfiyatdaman.
Marselo - buyuk, afsona. Biz uning xizmatlarini tan olamiz. Uni turib olqishlaganlaridan mamnunman. U yoshligidan barchasini yutishni o'rgandi.
"Real" azosi sifatida 60 yillik yubileyimni nishonlayapman. Men Santyago Bernabeu o'rnatgan tamoyillarga mos ravishda ishlayapman. "Real" - global brend, dunyoning barcha qismlarida madridistlar bor. Barchadan ko'ra ushbu klubda eng ko'p muxlis bor", - deydi Peres.
Eslatib o'tamiz, "Real" o'z tarixidagi 95-sovrinni qo'lga kiritdi, "Barselona"da esa 96ta titul bor. Poyga davom etadi!