Sakkiz turdan buyon Shveytsariya terma jamoasini quvib eta olmayotgan Evropaning amaldagi chempioni Portugaliya, JCh—2018 saralashining Vengriyaga qarshi safar o'yinida 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
Mazkur bellashuvdagi yagona gol Andre Silva tomonidan urildi. Bunga qadar 7 uchrashuvda 14 ta gol urishga erishgan va saralash to'purari bo'lib turgan Krishtianu Ronaldu Vengriyaga qarshi to'liq o'ynagan bo'lsa-da, gol urishga muvaffaq bo'la olmadi.
Ronaldu Shveytsariyaga qarshi kechgan 1-turda maydonga tusha olmagan va o'sha uchrashuvda Portugaliya 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Shundan keyin 7 ta o'yinda portugallar zafar quchdi va Krishtianu ularning har birida gol urishga erishdi.
Shveytsariya esa o'zining g'alabali yurishini davom ettirib, peshqadamligini saqlab qoldi.
JCh—2018. Saralash
«B» guruhi. 8-tur
3 sentyabr, yakshanba
Farer orollari— Andorra 1:0
Gol: Gilli Serensen, 32 (1:0).
Vengriya — Portugaliya 0:1
Gol: Andre Silva, 48 (0:1).
Chetlatish: Tomash Prishkin, 30 (V).
Latviya — Shveytsariya 0:3
Gollar: Xaris Seferovich, 9 (0:1). Blerim Jemayli, 55 (0:2). Rikardo Rodriges, 58-pen (0:3).
Noaniq penalti: Blerim Jemayli, 32 (Sh).