Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  Ispaniya Superkubogi. "Atletik" - "Real Madrid" 0:2 (Matnli translyaciya)

Ispaniya superkubogi finalidan o'rin olgan "Atletik" - "Real Madrid" uchrashuvi davom etmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasni kuzatishingiz mumkin.

YANGILASH

 

52-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema oradagi farqni ikkitaga oshirmoqda.   

51-daqiqa. PENALTI! Takroriy lavhani tomosha qilgach, hakam penalti belgilashni to'g'ri deb hisobladi. 

50-daqiqa. Karim Benzema zarba berdi, to'p Alvarezning qo'liga tegib, maydonni tark etdi. Hakam dastlab burchakka ishora qildi. Lekin shoshmaslikni so'ramoqda... "VAR" nima derkin?  

48-daqiqa. Mikel Balensiaga markazda Luka Modrichga nisbatan qo'pollik ishlatdi.   

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni "Real" boshlab berdi va bo'limdagi birinchi zarbani Vinisius berdi, lekin noaniq. Bosh hakam bundan tashqari braziliyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lganligini qayd etdi.   

45+1-daqiqa. To'p o'yinga kiritildi va hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

Oyan Sanset zarba berdi, biroq unga aniqlik etishmadi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 65% - 35% "Real" foydasiga.

41-daqiqa. Hozirgina gol urgan Modrich yana bir bor zarba berdi, ammo bu safar urinish ancha noaniq chiqdi. 

38-daqiqa. GOOOOOOOL! Luka Modrich hisobni ochdi. Rodrigoning ajoyib harakatlari va Lukita aylanma zarbasi bilan hisobni ochdi!

Ikerning o'zi uzatmani amalga oshirdi, ammo himoyachilarga yordamga qaytgan Karim Benzema to'pni qaytarib yubordi. Qo'shimchasiga, bosh hakam francuzga nisbatan qoida buzilganini etirof etdi.  

34-daqiqa. Iker Munyainga nisbatan qoida buzildi. Mehmonlar jarima zarbasini amalga oshirishadi.

Jarima maydonchasi oldida raqib qaytarayotgan to'p Toni Kroosning yuziga tegdi va germaniyalik futbolchimaydonda yotibdi. 

32-daqiqa. Rodrigo qanotdan uzatmani amalga oshirdi, lekin himoyachi to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

29-daqiqa. Unai Simon ikki bor Kazemironing xavfli zarbalarini qaytarishga erishdi. 

24-daqiqa. Hakam Toni Kroos o'yin qoidasini buzdi deb topdi.  

22-daqiqa. Rodrigo to'pni jarima maydonchasi ichiga yo'lladi, lekin himoyachi faollik ko'rsatdi.  

20-daqiqa. "Atletik" raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda.  

15-daqiqa. "Atletik" burchak zarbasini amalga oshiradi. Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lishdi.  

14-daqiqa. "Real" to'pni nazoratida ushlab turibdi.  

12-daqiqa. Lukas Vaskes raqibning xavfli qarshi hujumini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

10-daqiqa. "Atletik Bilbao" chap qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni David Alaba qaytardi.   

7-daqiqa. Benzemaning uzatmasi sherigiga aniq etib bormadi.

"Atletik" bugun ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashga rozi bo'lib, maydonga tushgan ko'rinadi. 

4-daqiqa. Inigo Martines xavfni bartaraf etish maqsadida to'pni uzoqlashtirdi.

3-daqiqa. "Real" futbolchilari to'pni nazorat qilishmoqda. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

Har ikki klub asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushib kelishdi. 

"Atletik" — "Real Madrid"

Atletik – Unai Simon, De Markos, Martines, Yeray Alvares, Balensiaga, Dani Garsiya, Sarraga, Sanset, Berenger, Uilyams, Muniain.

Real Madrid – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo.

BestMaster
17 Yanvar 2022, 00:45
live , ispaniya, superkubogi, atletik, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads