Marca nashrining muxbirlari italiyalik mutaxassis bilan suhbatlashib, mojaro sababini aniqlashdi. Malum bo'lishicha, bu tortishuv Pikening "halol o'yin" sport qoidalariga rioya qilmasligidan kelib chiqqan, raqibi jarohat olganida ispaniyalik himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishni istamagan.
"Vinisius jarohat olib yotgan paytda undan to'pni chiqarib yuborishini so'radim. U esa "Barselona" hech qachon bunday qilmaydi deb aytdi", — izoh berdi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvda "Real Madrid" 3:2 hisobida g'alaba qozondi, "qaymoqranglilar" finalda "Atletiko" – "Atletiko" juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.