"Real Madrid" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanning yordamchisi David Bettoni 2015-2016 yilgi CHempionlar Ligasini esladi. O'shanda "Real" chorak finalning birinchi o'yinida 2:0 hisobida "Volfsburg"ga mag'lub bo'lgandi. Ammo, javob uchrashuvida Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etib, jamoani keyingi bosqichga olib chiqqandi. Yakunda "Real Madrid" CHempionlar Ligasi g'olibiga aylangandi.
"Volfsburg" ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, Zidan jamoa ruhini ko'taruvchi so'zlarni topa olgandi: "Oldimizda 90 daqiqa bor. "Volfsburg"dek unchalik ham tajribali bo'lmagan jamoa, agar biz tezkor gol ursak, "Santyago Bernabeu"da o'z-o'zidan sochilib ketadi".
Men o'shanda o'yinchilarimizning etakchilik qobiliyatiga ham tan bergandim. Ronaldu, Ramos, Marselo, Pepelar bilan murabbiy jamoaga tezda ishtiyoqni qaytara olardi.
Masalan, o'sha o'yindan bir kun oldin, men mashg'ulotlardan so'ng Ronaldu bilan suhbatlashgandim. U menga: "Ertaga uchta gol uraman", -degandi. Men esa: "Bunga faqat sen qodirsan", -deb javob qaytargandim. Ronaldu vadasida turib uchta gol urdi va jamoani keyingi bosqichga olib chiqdi. O'shanda biz CHempionlar Ligasini yutishimizga amin bo'lgandik", -deydi David Bettoni.