"Real Madrid" – "Valensiya" 4:1 "Santyago Bernabeu" stadioniGollar: 1:0 – 43, penalti Benzema, 2:0 – 52 Vinisius Junior, 3:0 – 61 Vinisius Junior, 3:1 – 76 Gedesh, 4:1 – 88 Benzema.
"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 70), Kroos, Kazemiro (Kamavinga, 71), Vaskes (Nacho, 87), Benzema (Isko, 89), Asensio, Vinisius Junior (Valverde, 87).
"Valensiya" – Sillessen, Pichchini (Iranso, 77), Alderete, Diakabi, Gayya, Gilyamon, Gedesh, Vass, Musa (CHeryshev, 66), Elder Koshta (Markos Andre, 66), Maksi Gomes (Kuandredi, 66; Valexo, 83).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (14), Militao (26), Pichchini (51), Musa (58), Mendi (75), CHeryshev (84).
Real Madrid Karim Benzema - 43', Vinicius Junior - 52', Vinicius Junior - 61', Karim Benzema - 88' LaLiga . 20-tur 09/01/2022, 01:00 Valencia Goncalo Guedes - 76' Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 40617 tomoshabin Bosh hakam: Alejandro Hernandez
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
YANGILASH
SHu tariqa, "Real Madrid" ikkinchi bo'lim so'ngida biroz bo'shashgan bo'lsada, ishonchli g'alabani tantana qildi va etakchiligini mustahkamlab oldi.
90+3-daqiqa. "Real"ning oxirgi hujumi ham xavfli chiqdi, lekin yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.
90+1-daqiqa. Birinchi zarbda... Eduardo Kamavinga bitta "podkatda" ikki rayibini maydonga qulatdi.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi!
89-daqiqa. O'zgarish! Gol urgan Karim Benzema to'g'ri zaxira o'rindig'iga yo'l oldi, uning o'rnini Isko egalladi.
88-daqiqa. GOOOOOL! Karim Benzemada ham dubl! SHunchaki ajoyib harakatlar va gol!
87-daqiqa. O'zgarishlar! Vinisius Junior va Lukas Vaskes o'rniga Federiko Valverde va Nacho tushdi.
86-daqiqa. Denis CHerishev uzatgan to'pni Dani Sebalos darvoza tomon o'tkazmadi. Burchak zarbasidan esa mehmonlar bu safar ham naf chiqara olishmadi.
83-daqiqa. O'zgarish! 17 daqiqa avval o'yinga tushirilgan va jarohat olgan Koba Koandredi o'rniga Manu Valexo tushirildi.
80-daqiqa. Farq qisqargan bo'lsada, o'yin tempi oshgani yo'q. Futbolchilar natija o'zgarishi qiyinligini tushunib turishibdi.
77-daqiqa. GOOOOOL! Gonsalo Gedesh penaltidan bo'lmasada, takroriy urinishdan to'pni darvoza to'riga yo'lladi. Kurtua birinchi zarbani qaytardi, lekin sheriklari yordamga kelishga kech qolishdi.
75-daqiqa. PENALTI! Ferlan Mendi raqibini qo'lini ushlab qolgani sabab penalti belgilandi.
Yaqindagina maydonga tushgan Denis CHerishev qanotdan markazga o'tib kelib, zarba yo'lladi, Kurtua o'z o'rnida.
71-daqiqa. O'zgarish! Kazemiro o'rniga Eduardo Kamavinga.
70-daqiqa. O'zgarish! Luka Modrich o'rniga Dani Sebalos.
70-daqiqa. "Real"ning hujumi yakuniga etmay qoldi.
Zarbadan keyin to'p "jonli devorga" tegib qaytdi.
68-daqiqa. Marko Asensioga nisbatan qoida buzildi. Jabrlanuvchining o'zi to'p oldida.
66-daqiqa. O'zgarish! Maksi Gomes, Yunus Muso va Elder Koshta o'rniga Denis CHerishev, Markos Andre, Koba Kuandredi tushirildi.
65-daqiqa. Ikkinchi bo'limda qaqshatqich zarbalar qabul qilib olgan bo'lsada, taslim bo'lganicha yo'q va hujum uyushtirishga urinmoqda.
63-daqiqa. Vassning ajoyib zarbasidan keyin Tibo Kurtuadan zo'r seyv!
61-daqiqa. GOOOOOOL! Vinnidan dubl! Bu safar Benzema to'pni o'ngroqdagi Asensioga etkazdi, ispaniyalik aniq zarbasini darvozabon qaytardi, braziliyalik esa bo'sh qolgan darvozaga osonlik bilan gol urib ketmoqda.
59-daqiqa. Diakabi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborgandi, lekin Ferlan Mendi shu pallada o'yindan tashqari holatda ekanligi malum bo'ldi.
58-daqiqa. "Real" qarshi hujumga qochib ketayotganida Yunus Muso Kazemironi yiqitdi.
Birinchi bo'lim bo'lgani kabi "ko'rshapalaklar" ketma-ket burchak zarbasi amalga oshirishdi.
57-daqiqa. Maksi Gomesning zarbasidan keyin "jonli devorga" tekkan to'p darvoza tomon ketayotgandi, Benzema xavfni bartaraf etdi.
56-daqiqa. Kroos qoidani buzdi deb topildi.
55-daqiqa. Darvozabonning xatosidan keyin to'p Benzemaga kelib tushgandi, ammo francuz va Vinisius bu safar bir-birlarini tushunmay qolishdi.
52-daqiqa. GOOOOOOOOL! Vinisius-Benzema duetidan navbatdagi gol!
51-daqiqa. Ogohlantirish! O'z xatosini to'g'rilash uchun Vinisiusni qoida buzib to'xtatishdan boshqa variant topa olmagan Kristiano Pichchiniga sariq kartochka ko'rsatildi.
49-daqiqa. "Real" to'p bilan, mehmonlar esa vaziyatlarini kutishmoqda va bazi epizodlarda pressingni kuchaytirib, to'pga tashlanishmoqda.
47-daqiqa. Kroos raqibining oyog'ini bosib oldi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Jamoalar maydonga qaytishdi.
45+1-daqiqa. Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganligi haqidagi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi.
Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.
45-daqiqa. Toni Kroosning zarbasi umuman qovushmadi...
44-daqiqa. "Valensiya" hujumga o'tishga urinib ko'rdi, yana omadsiz.
43-daqiqa. To'p oldida Benzema... Zarba va gol! Karim sovuqqonlik bilan darvoza "to'qqizligi"ni nishonga oldi.
41-daqiqa. PENALTI! To'pni markazga yaqinroq hududda egallab olgan Kazemiro dadil ravishda oldinga qarab bordi va raqib oyog'iga chalinib yiqildi. Hakam ishonch bilan nuqtaga ishora qildi.
40-daqiqa. Luka Modrichning o'ta kuchli zarbasidan keyin darvoza joyidan qimirlab ketay dedi...
39-daqiqa. Sariq kartochkasi bor Kazemirodan yana fol...
38-daqiqa. Gayya Vaskesni aldagandek bo'ldi, ammo yiqilishiga "Real" futbolchisi aybdorligiga hakam ishonmadi.
37-daqiqa. Mendi qanotdan hujumga qo'shildi va to'p bilan jarima maydonchasiga kirib ketayotganda texnik xatoga yo'l qo'ydi, oqibatda to'psiz qoldi.
35-daqiqa. Karim Benzema o'zi uchun qulay nuqtaga chiqib bordi va zarba berdi, darvozabon katta ehtimol bu safar hech nima qila olmasdi, lekin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.
32-daqiqa. "Real" bosimni kuchaytirmoqda.
Markoning uzatmasidan keyin jarima maydonchasi ichida Alaba yiqilib, penalti so'ramoqda. Hakam yana jim.
30-daqiqa. Asensioning zarbasidan keyin Silessendan seyv ko'rdik, burchak zarbasi. Standart vaziyatni tezkor amalga oshirishdi, lekin soniyalar o'tib, yana burchak zarbasi.
28-daqiqa. Militao ancha uzoq masofadan zarba yo'lladi, uning urinishi aniq, ammo darvozabon uchun ortiqcha qiyinchilik tug'dirmadi.
27-daqiqa. Toni Kroosni ochiqchasiga ushlab qolishdi. Mezbonlar vakillari Daniel Vassga ham kartochka ko'rsatish zarur deb hakamga yuzlanishgan, lekin Alexandro Ernandes Ernandesning fikri boshqacharoq.
26-daqiqa. Ogohlantirish! Sariq kartochka bu safar ham mezbonlar vakiliga ko'rsatildi. Ortga qaytayotganda Eder Militao vajohat bilan Xose Luis Gayyaga qarab bordi. Hakam bu qoidaga zid deb hisobladi.
25-daqiqa. Sekin-asta "Real" to'p nazoratini o'z tomoniga og'dirayotgandek. Hozir Luka Modrichga nisbatan fol qayd etildi.
23-daqiqa. Marko Asensio jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va zarba yo'lladi, Gayya to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi va "Valensiya" hujumini boshlab berdi. Qizig'i, qarshi hujumni Markoning o'zi ortga qaytib bartaraf etdi.
21-daqiqa. "Valensiya" hujumga o'tishga urinib ko'rdi, ammo Ugo Gilyamon to'p uchun kurashda Asensioga nisbatan fol ishlatdi.
19-daqiqa. Mendining uzatmasidan keyin jarima maydonchasi markazida paydo bo'lgan Vinisius zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldi, lekin uning urinishiga ham aniqlik etishmadi.
17-daqiqa. Kazemiro uzoq masofadan zarba yo'llashga qaror qildi, uning urinishi darvozabon uchun kutilmagan bo'lsada, noaniq chiqdi.
14-daqiqa. Ogohlantirish! Vassga borib urilgani uchun Kazemiroga sariq kartochka ko'rsatildi.
13-daqiqa. Vinisiusdan ajoyib harakat u to'pga tegmay, aldamchi harakati evaziga raqibini ortda qoldirib ketdi.
Standart vaziyatdan bu safar ham naf chiqmadi.
12-daqiqa. Mehmonlar yana bir buchak zarbasini amalga oshiradigan bo'lishdi.
10-daqiqa. Pichchini o'ng qanotdan oldinga o'tdi va Mendi hamda Kazemironi ortda qoldirgandi, so'nggi pallada Kazemironing oyog'iga chalinib futbolchi yiqilib tushdi.
6-daqiqa. Uzatmadan keyin barchadan baland sakragan Militao yaxshi zarba bergandi, ammo darvozabon ham o'z o'rnida va jamoasini goldan qutqarib qoldi.
5-daqiqa. Lukas Vaskesga nisbatan ketma-ket qoida buzildi, standart vaziyat.
3-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi burchak zarbasini "Valensiya" amalga oshirdi, lekin ish zarbagacha etib bormadi.
2-daqiqa. "Real" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq to'p himoyachilardan biriga tegib maydonni tark etdi.
1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi! O'yindagi ilk hujumni mehmonlar o'ng qanotdan uyushtirishdi, lekin markazga uzatilgan to'pni darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi.